Xitoy COVID-19’ga bağişlangan oq kitobni elon qildi
2-05-2025, 12:03
114 марта

Xitoy Davlat kengaşi matbuot idorasi tomonidan tayyorlangan mazkur hujjat “COVID -19: oldini oliş, nazorat va kelib çiqişni aniqlaş – Xitoyning harakatlari va pozitsiyasi” deb nomlanadi. Unda Xitoy hukumati pandemiyaga qarşi kuraş va xalqaro hamkorlikdagi faoliyati haqida keng malumotlar keltirilgan.
Oq kitobda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va Xitoy epidemiologlari tomonidan olib borilgan qöşma tadqiqotlar natijalari esga olinadi. Unga köra, koronavirusning tabiiy manbai sifatida Uxan şahri inkor etilgan va Uxan virusologiya laboratoriyasidan virusning sizib çiqişi “ehtimoldan yiroq” deb baholangan.
Hujjatda, şuningdek, AQŞda Xitoydan avval COVID-19 bilan kasallaniş holatlari qayd etilgani haqidagi köplab dalillar keltirilgan. Şu asosda Xitoy tomoni virus kelib çiqişini aniqlaş böyiça keyingi bosqiçdagi tadqiqotlar AQŞda olib borilişi lozimligini takidlaydi.
Xitoyning rasmiy bayonotiga köra, ular JSST va xalqaro hamjamiyatga vaqtida kerakli malumotlarni taqdim etgan. Bundan taşqari, pandemiya boşlanişi vaqtida şaxsiy himoya vositalarining zaxirasini yiğiş va virus tarqalişini yaşirişda ayblab, Missuri ştati tomonidan Xitoyga qarşi 24 milliard dollarlik davo arizasi keltirilgani eslatib ötiladi.