Bolalarga zöravonlik qilgan tarbiyaçi va pedagoglarga jazo kuçaytirildi
Talim taşkilotlarida voyaga yetmagan bolalarga jismoniy zöravonlik qilgan, ularni kamsitgan yoki xörlagan tarbiya va talim berişga masul şaxslarga nisbatan jarima belgilandi. Bu haqda keça, 11 sentyabr kuni qabul qilingan 1174-sonli qonunda söz boradi.
Qonunga köra, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalar asosida talim taşkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga talim beriş majburiyati yuklatilgan şaxs tomonidan tarbiya va talim beriş jarayonida bolaga nisbatan jismoniy zöravonlik sodir etiş, şuningdek, uni kamsitiş yoki xörlaş kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlaş, agar qilmişda jinoyat yoki belgilangan boşqa huquqbuzarlik alomatlari bölmasa, BHMning 1 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Şuningdek, davlat yoki nodavlat muassasalarining töliq taminotida bölgan voyaga yetmagan bolaga aliment tölaşi şart bölgan ota yoki onani aliment tölaşdan ozod qilişga yöl qöyilmaydi.
Ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola foydasiga ota-onadan yoki ulardan biridan undirilişi belgilangan aliment miqdorini kamaytiriş böyiça işlar körilayotganda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ham jalb etiladi.
Bundan taşqari, pedagogik faoliyatni amalga oşiriş jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zöravonlik bilan boğliq huquqbuzarlik sodir etgani uçun mamuriy javobgarlikka tortilgan şaxslarga 1 yil davomida pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş taqiqlanadi.
Uşbu çeklov maktabgaça talim taşkilotlari, umumiy örta va örta maxsus talim taşkilotlari, professional talim taşkilotlari hamda bolalar uçun qöşimça talim taşkilotlariga tatbiq etiladi.
Mazkur qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuçga kiradi.
Malumot uçun, Özbekistonda 1246 qisqa raqami orqali bolalarga zöravonlik haqida xabar beriş uçun koll-markaz işga tuşgandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 iyul kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuçaytirişga hamda tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qiliş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” qonun bilan zöravonlikka uçragan xotin-qizlarning himoyasi kuçaytirilişi belgilangandi.