Özbekistonda bolalarga talim-tarbiya berişda zöravonlik uçun mamuriy javobgarlik belgilanişi mumkin
17-12-2025, 18:23
132 марта

Özbekistonda bolalarga talim-tarbiya berişda zöravonlik uçun mamuriy javobgarlik belgilanişi mumkin
Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda körib çiqildi.Loyihada talim taşkilotida bolalarni tarbiyalaş, ularga talim beriş borasidagi majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan şaxs tomonidan zöravonlik holatlari sodir etilsa, mamuriy javobgarlik belgilaş nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, vasiy yoki homiy öz yaşaş joyini özgartiriş, boşqa davlatga köçib ketiş niyatida bölsa, tegişli organning yozma ruxsati va vasiylikka olingan 10 yoşga tölgan bolaning roziligi talab etilişi, şuningdek, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola foydasiga ota-ona yoki ularning biridan undirilişi belgilangan aliment miqdorini kamaytiriş böyiça işlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari vakilining iştiroki ham belgilanmoqda.
Qonun loyihasida ota-ona qaramoğidan yoki ulardan mahrum bölgan bolani vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yaşaydigan joyga röyxatga qöyganda davlat boji tölaşdan ozod etiş taklif etilgan.
Majlisda loyiha böyiça ayrim etirozlar bildirilib, uni qayta işlaş va maromiga yetkaziş böyiça takliflar ilgari surildi va masul qömitaga qaytarildi.