Endi zöravon ota-onalardan bolalari olib qöyilişi mumkin
31-07-2025, 22:10
300 марта

Endi zöravon ota-onalardan bolalari olib qöyilişi mumkin
Endi bolalarga nisbatan zöravonlik qilgan ota-onalardan ularning bolalari olib qöyilişi mumkin. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarga nisbatan zöravonlik holatlarini aniqlaş, zöravonlik xavfi darajasini baholaş, himoya qiliş rejasini işlab çiqiş hamda uni amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi nizomda belgilangan.Uşbu nizomga köra, zöravonlikdan jabrlangan yoxud öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi ostida bölgan bolalar bevosita özlari yoxud qonuniy vakillari “Inson” markazlari, içki işlar organlari va boşqa masul organlarga murojaat qiladi.
“Inson” markazlari, içki işlar organlari iştirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda örganadi.
Bunda “Inson” markazi bolaning hayoti yoki soğliğiga tahdid soluvçi omillarni dastlabki baholaşdan ötkazadi hamda xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topişi mumkin.
Xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, içki işlar organi quyidagi çoralardan birini köradi:
–zöravonlik sodir etgan şaxsni mamuriy yöl bilan uşlab turiş hamda protsessual majburlov çoralarini qöllaş;
–bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini beriş;
–bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni öz qaramoğiga olgan boşqa şaxslardan olib qöyiş va uning xavfsizligini taminlaş.
Tahdid soluvçi omillar bartaraf etilgaç, “Inson” markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun içida kompleks baholaşdan ötkazadi.
Kompleks baholaş natijalariga köra, 3 iş kuni içida bolani himoya qiliş rejasi işlab çiqiladi.
Bolalarga nisbatan zöravonlik sodir yoki sodir etişga moyil bölgan şaxslarga quyidagi tasir çoralari qöllanişi mumkin:
–tuzatiş dasturidan ötiş;
–bolalarini olib qöyiş;
–ota-onalik huquqini çeklaş yoki ota-onalik huquqidan mahrum qiliş;
–narkologiya muassasalarida majburiy davolaniş;
–majburiy tibbiy yösindagi majburlov çoralarini tayinlaş.