Endi zöravonlikka moyil bölgan şaxslar maxsus tuzatuv dasturlarini majburiy tarzda ötaşlari şart böladi
18-07-2025, 17:49
209 марта
Endi zöravonlikka moyil bölgan şaxslar maxsus tuzatuv dasturlarini majburiy tarzda ötaşlari şart böladiÖzbekistonda zöravonlik sodir etgan yoki unga moyil bölgan şaxslar psixologlar iştirokida maxsus tuzatuv dasturlarini majburiy tarzda ötaşlari şart qilib qöyiladi. Bu çora ularning xatti-harakatini özgartiriş va kelgusidagi tahdidlarni bartaraf etişga qaratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 iyul kungi qaroriga köra, har bir holat uçun alohida işlab çiqiladigan korrektsion dasturlar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi. Dastur doirasida şaxsning şaxsiy rivojlanişidagi kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan psixologik-pedagogik tasir – psixokorrektsiya ham amalga oşiriladi.
Dastur muddati bir oygaça bölişi mumkin. Dasturga davlat muassasalarida röyxatdan ötgan psixologlar yoki grantlar asosida jalb etilgan mutaxassislar jalb qilinadi.
Içki işlar vazirligiga 1 oktyabrga qadar korrektsion dasturlar işlab çiqişda iştirok etadigan psixologlar röyxatini şakllantiriş topşirildi. Bu mutaxassislarni talim va soğliqni saqlaş vazirliklari har olti oyda taklif etib boradi.
Dasturni ötaş jarayoni töğrisidagi malumotlar «E-ijtimoiy profilaktika» axborot tizimidagi «E-tuzatiş dasturi» moduliga kiritiladi.