USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident topşiriği bilan Dilnoza Rajabovaga polkovnik unvoni berildi

316 марта
Президент топшириғи билан Дилноза Ражабовага полковник унвони берилди

Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan Içki işlar vazirligi tizimida qariyb 20 yildan buyon xizmat qilib kelayotgan Dilnoza Rajabovaga polkovnik maxsus unvoni berildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Dilnoza Rajabova Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati yetakçi mutaxassisi bölib faoliyat yuritib kelmoqda. Uning faoliyatida yöl harakati xavfsizligi tarğiboti, aholiga qoidalarni tuşunarli yetkaziş va yoşlarda xavfsiz harakatlaniş könikmalarini şakllantiriş muhim örin tutadi.

Xususan, Rajabova Özbekiston öquvçi yoşlaridan iborat yöl harakati xavfsizligi tarğibotçilari guruhini tarbiyalab, 2024 yilda Qirğiziston hamda 2025 yilda Tojikistonda ötkazilgan xalqaro tanlovlarda faxrli II örinlarni, 2026 yilning avgust oyida esa Qozoğiston Respublikasida ötkazilgan “Yoş yöl harakati inspektorlari” xalqaro musobaqasida I örinni egallaşga erişgan.

Bildirilişiça, köp yillik samarali xizmati, erişgan natijalari va xizmat vazifalariga masuliyatli yondaşuvi inobatga olinib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining topşiriğiga binoan, Içki işlar vazirining buyruği bilan Dilnoza Rajabova rağbatlantirilgan hamda unga polkovnik maxsus unvoni berilgan.

Içki işlar vaziri boşçiligida ötkazilgan tadbirda unga mazkur unvon tantanali ravişda topşirilgan.

“Polkovnik Dilnoza Rajabovaning faoliyati, xususan, yöl harakati xavfsizligi tarğiboti va bolalar örtasida xavfsizlik madaniyatini şakllantirişga qöşayotgan hissasi içki işlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning kasbiy faoliyatiga munosib misoldir”, deyiladi vazirlik axborotnomasida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: