Içki işlar vaziriga yangi örinbosar tayinlandi
Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli qarori bilan polkovnik Temur Kamoliddinoviç Ismoilov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 21 avgust kuni Içki işlar vazirligida huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat xavfsizligini taminlaş va aholi osoyiştaligini mustahkamlaş borasida ötkazilgan yiğilişda xabar qilindi
Qayd etilişiça, Temur Ismoilov yangi lavozimda iş boşlaşi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boşliği lavozimidan ozod etilgan.
Uşbu lavozimda u joriy yil yanvar oyidan buyon içki işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Rustam Jörayevning örnini egalladi.
Malum qilinişiça, lavozimga yangi tayinlangan rahbarga jamoat xavfsizligini taminlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş tizimini yanada takomillaştiriş vazifalari yuklatilgan.
Şuningdek, tizimni raqamlaştiriş böyiça vazifalar ijrosini qatiy nazoratga oliş, içki işlar organlarining boşqa davlat idoralari va jamoat taşkilotlari bilan hamkorligini kuçaytiriş, jamoat tartibini saqlaşning zamonaviy usullarini keng joriy etiş, aholining huquqiy madaniyati va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga işonçini yanada oşirişga qaratilgan çoralarni samarali taşkil etiş talabi qöyilgan.
Malumot uçun, Temur Ismoilov 1983 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tumanida tuğilgan. U Içki işlar organlaridagi xizmat yillari davomida turli rahbarlik lavozimlarida işlagan. Jumladan, Ismoilov IIVning Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasiga rahbarlik ham qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rustam Jörayev Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni lavozimidan ozod etilgan edi.
Şundan söng, Jörayev joriy yilning iyul oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi va unga general-leytenant maxsus unvoni berildi.