Içki işlar vaziriga yangi örinbosar tayinlandi
6-05-2025, 10:38
283 марта

Içki işlar vaziriga yangi örinbosar tayinlandi
Içki işlar organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etiş va kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş böyiça bölib ötgan yiğilişda polkovnik Zufar Qurbonov vazir örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Tadbirda Özbekiston Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyatini yanada kuçaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi hamda “Içki işlar vazirligida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari va ularda belgilangan ustuvor vazifalar öqib eşittirilgan.
Davlat rahbarining qaroriga asosan Içki işlar vazirining axborot texnologiyalari böyiça örinbosari lavozimi tugatilib, Içki işlar vazirining örinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi, uşbu lavozimga polkovnik Zufar Qurbonov tayinlandi.