USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Japarov xorijdagi tanqidçilarni manqurtlikda aybladi

72 марта
Жапаров хориждаги танқидчиларни манқуртликда айблади

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov xorijda yaşayotgan ayrim qirğizistonliklarni tanqid qilib, ularni mamlakatdagi yaxşi işlardan ham yomonlik izlaş va manqurtlikda aybladi. Bu haqda u joriy yil 11 sentyabr kuni Talasda Qirğiziston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ötkazilgan tadbirdagi nutqida söz oçdi.

Çingiz Aytmatov ijodi haqida gapirar ekan, davlat rahbari öz tarixini, tili va madaniyatini unutayotgan jamiyat fojiasini aks ettiruvçi manqurt obrazini tilga olgan. Şundan söng, u xorijda yaşayotgan ayrim vatandoşlarni tanqid qilgan.

“Xorijda bölib, u yerda olgan bir burda non uçun öz mamlakatida sodir bölayotgan yaxşi işlardan ham yomonlik izlaydigan, manqurtlik qiladigan şunday öğlonlarimiz bor. Biz ularni tarbiyalaşga va tartibga çaqirişga harakat qilamiz”, degan Japarov

Prezident nutqining keyingi qismida Qirğizistondan taşqarida önlab yillardan beri yaşab, mehnat qilayotgan vatandoşlarga murojaat qilgan. U vatandan uzoqda ularning qadri va öz yurtiga bölgan mehri yanada yaqqol sezilişini aytgan.

“Sizlar sönggi 35 yil davomida Qirğiziston iqtisodiyotining bir qismi bölib keldingiz. Buning uçun Qirğizistonning har bir rahbari sizlarga minnatdorlik bildirişi kerak”, degan Prezident.

Sadir Japarov respublikada ötkazilgan yirik xalqaro tadbirlardan keyin xorijdagi qirğizistonliklar vatani bilan faxrlanganini körib, hayratlanganini ham qöşimça qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov taşqi kuçlardan pul olib, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlaştirişga urinayotganlarni qattiq jazolaşga çaqirgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: