Japarov Şavkat Mirziyoyevni ŞHT sammitida Özbekiston mustaqilligi kuni bilan tabrikladi
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Bişkekda ötayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qirğiziston rahbari Özbekiston uçun bayram kuni bölişiga qaramay, ŞHT sammitida iştirok etiş uçun Bişkekka kelgani uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.
“Hurmatli Şavkat Miromonoviç, mamlakatingiz uçun muhim va bayramona bölgan bu kunda Bişkekka kelib, yiğilişimizda iştirok etiş imkoniyatini topganingiz uçun sizga alohida minnatdorlik bildiraman”, degan Sadir Japarov.
Malumot uçun, bugun, 1 sentyabr kuni Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan mamlakatning barça hududlarida bayram tadbirlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yöllagandi.