Putin Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrik yölladi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yölladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
“Özbekiston Respublikasi mustaqilligi elon qilinganining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz. Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlaniş yölidan işonç bilan bormoqda hamda jahon maydonida haqli ravişda yuksak nufuzga ega”, deyiladi tabriknomada.
Şuningdek, qutlov xatida Rossiya – Özbekiston munosabatlari strategik şeriklik va ittifoqçilik xususiyatiga ega ekanligi hamda Moskva va Toşkent örtasida barça asosiy yönalişlarda sermahsul şeriklik, xalqaro masalalarda samarali özaro hamkorlik yölga qöyilgani ham qayd etilgan.
“Işonçim komilki, birgalikdagi say-harakatlarimiz bilan Rossiya va Özbekiston döst xalqlari manfaatlari yölida, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş maqsadida şeriklik aloqalarining butun majmuini yanada kengaytirişni taminlaymiz. Sizga, hurmatli Şavkat Miromonoviç, mustahkam soğliq va muvaffaqiyatlar, barça vatandoşlaringizga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman”, degan Rossiya rahbari.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga va mamlakat xalqiga davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yöllagan edi.