Putin Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
1-09-2025, 15:21
125 марта

Putin Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Putin bundan buyon ham Rossiya bilan Özbekiston örtasidagi özaro manfaatli aloqalarni barça yönalişlarda har tomonlama rivojlantirişga işonç bildirgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tabrik matnida qayd etilişiça, Özbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erişdi, jahon maydonidagi nufuzi tobora ortib bormoqda, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi köplab muhim masalalarni hal etişga amaliy hissa qöşmoqda.
“Davlatlarimiz örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhida jadal rivojlanmoqda. MDH, ŞHT va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasida say-harakatlarni samarali muvofiqlaştiriş yölga qöyilgan. Işonçim komilki, biz bundan buyon ham Rossiya bilan Özbekiston örtasidagi özaro manfaatli aloqalarni barça yönalişlarda har tomonlama rivojlantiramiz. Bu döst xalqlarimiz manfaatlariga, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş maqsadlariga töla mos keladi”, - deyilgan Rossiya prezidenti tabrigida.
Putin Özbekiston rahbariga mustahkam soğlik va muvaffaqiyatlar, mamlakatning barça fuqarolariga farovonlik va ravnaq tiladi.