AQŞ Özbekiston bilan aloqalarni mustahkamlaşga umid qilmoqda – Tramp
1-09-2025, 10:18
115 марта

AQŞ Özbekiston bilan aloqalarni mustahkamlaşga umid qilmoqda – Tramp
Amerika Qöşma Ştatlari Özbekiston bilan mavjud aloqalarini mustahkamlaş va özaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oçişga umid qilmoqda. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Trampning Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yöllagan tabrigida söz boradi.“Amerika Qöşma Ştatlari xalqi nomidan Sizga va Özbekiston xalqiga mamlakatingiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yöllayman. Bu uning tarixi va boy madaniyatini eslaş uçun quvonçli sababdir”, deyiladi Trampning tabrigida.
Qayd etilişiça, Özbekiston mustaqillikka erişganidan buyon ikki mamlakat örtasidagi jadal strategik şeriklikka hissa qöşadigan muhim islohotlarni davom ettirmoqda. Tomonlar umumiy manfaatlarni ilgari suriş, jumladan, çegaralarni mustahkamlaş, ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni köpaytiriş, diniy erkinlik va mintaqaviy barqarorlikni taminlaş yölida birgalikda salmoqli işlarni amalga oşirgan.
“Qöşma Ştatlar mavjud aloqalarni mustahkamlaş va özaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oçişga umid qilmoqda. Sizga va fuqarolaringizga Mustaqillik bayrami munosabati bilan baxt-saodat va eng ezgu tilaklarimni bildiraman”, deyiladi maktubda.