“Svet”dan qarzdorlikni kamaytirib berişni vada qilgan şaxs uşlandi
Andijonda fuqaroning savdo dökonidagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanişi sabab yuzaga kelgan 400 mln sömlik qarzdorligini tanişlari orqali kamaytirib berişni vada qilgan şaxs 3 ming dollar olayotganda uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Oltinköl tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro M.A. fuqaro Q.M. ning savdo dökonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati yuzasidan vujudga kelgan 400 mln sömlik qarzdorlikni “Hududiy elektr taminoti” AJ Andijon viloyati filialida işlovçi tanişlari orqali kamaytirib berişini aytib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm viloyati Qöşköpir tumani quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boşliği fuqaroning noturar binosini turarjoy toifasiga ötkazib berişni vada qilib, 1 000 AQŞ dollari talab qilgan va pulning bir qismini olgan vaqtida uşlangani haqida xabar berilgan edi.