Xorazmda soliq qarzdorligini yöq qilib berişni vada qilganlar uşlandi 608 mln sömlik qarzni “yopiş” uçun minglab dollar talab qilingan
4-05-2026, 19:49
641 марта
Xorazmda soliq qarzdorligini yöq qilib berişni vada qilganlar uşlandi 608 mln sömlik qarzni “yopiş” uçun minglab dollar talab qilinganXorazm viloyatida soliq qarzdorligini yöq qilib berişni vada qilgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmati malum qildi.
Qayd etilişiça, Departamentning Xiva şahri bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.D. “E.I.” MÇJ rahbari D.M.ning işonçiga kirgan.
U MÇJning 608 million söm miqdoridagi soliq qarzdorligini Sud boşqaruvçilari assotsiatsiyasining Xorazm viloyati bölimi raisi O.A. orqali bartaraf etib berişni vada qilgan. Evaziga u 3 000 AQŞ dollari talab qilib, uşbu pul mablağini olgan vaqtida qölga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur holatga aloqador bölgan O.A. ham 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni şubhali takliflarga aldanmaslikka va bunday holatlar yuzasidan tegişli idoralarga murojaat qilişga çaqirmoqda.