Harbiy xizmatga işga joylaştirib qöyişni vada qilgan şaxs uşlandi
24-03-2026, 19:21
69 марта

Harbiy xizmatga işga joylaştirib qöyişni vada qilgan şaxs uşlandi
Surxondaryoda departament organlarida işlaganligini aytib, fuqaroni harbiy xizmatga işga joylaştirib qöyişni vada qilgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Olingan tezkor malumotlarga köra, fuqaro X.I. özini göyoki departament organlarida işlaganligini aytib, DXX Çegara qöşinlarida xizmat qiluvçi mansabdor şaxslar bilan yaqin aloqalari mavjudligini bildirgan. U ariza muallifi M.Q.ni şartnoma asosida harbiy xizmatga işga joylaştirib qöyişni vada qilib, evaziga firibgarlik yöli bilan 1000 AQŞ dollari talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yil 21 mart kuni ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. ariza muallifidan talab qilingan 1000 AQŞ dollari miqdoridagi, yani 12 mln 200 ming söm pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi (Pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Örganişlar davomida qölga olingan fuqaro X.I. davlat idoralarida, şuningdek, Boş prokuratura huzuridagi departament organlarida işlamagani aniqlangan.