Samarqand hokimiga yangi örinbosarlar tayinlandi
Bugun, 15 sentyabr kuni Rustam Qobilov va Jörabek Suyunov Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevning örinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimining tegişli qarorlari imzolandi.
Qayd etilişiça, Rustam Rajabboyeviç Qobilov yangi taşkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning taşrifi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. Rustam Qobilov mazkur tayinlovga qadar viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.
Samarqand viloyati hokimining tegişli qaroriga asosan, Jörabek Bahriddinoviç Suyunov Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. Jörabek Suyunov mazkur tayinlovga qadar viloyat turizm boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jamşid Fazliddinoviç Şaropov – Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.