Şavkat Mirziyoyev Koreyadagi özbekistonliklar bilan uçraşdi
Bugun, 15 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat taşrifi çoğida uşbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, norasmiy muhitda ötgan samimiy suhbat davomida Yangi Özbekistondagi islohotlarni amalga oşiriş bilan boğliq masalalar va ularni hayotga faol tatbiq etişga özbekistonliklar qöşayotgan hissasi muhokama qilingan.

Uçraşuv iştirokçilari Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasida iqtisodiyot, ilm-fan va talim sohalaridagi aloqalarni kengaytirişga qaratilgan bir qator ilğor takliflarni ilgari surgan.

Milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va davlat boşqaruviga suniy intellekt hamda Koreyaning raqamli texnologiyalarini integratsiya qiliş, tibbiyot, transport, bojxona va turizm sohalarida innovatsion yeçimlarni ilgari suriş, milliy tölov tizimlari va pul ötkazmalari platformalarini jadal rivojlantiriş hamda axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlaş masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni çuqurlaştiriş böyiça aniq takliflar bildirilgan. Xususan, Koreya Respublikasida Özbekiston madaniy markazlari tarmoğini kengaytiriş, özbek tilini örganiş dasturlarini rivojlantiriş, ikki mamlakat hududida turli madaniy tadbirlarni ötkaziş hamda özbek mumtoz adabiyoti namunalarini koreys tiliga tarjima qiliş masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Davlat rahbari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qöşayotgan salmoqli hissasi uçun özbekistonliklarga minnatdorlik bildirib, ularning har bir taşabbusi batafsil örganilişini, eng muhim loyihalar har tomonlama amaliy qöllab-quvvatlanişini takidlagan.

Özbekiston yetakçisi uçraşuvda qatnaşgan professorlar, tadbirkorlar, faollar va talabalarga öqişda va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, davlat ular bilan muloqotga doimo oçiqligi, ularning bunyodkorlik salohiyatini röyobga çiqariş uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratişga tayyorligini alohida qayd etgan.

Öz navbatida, uçraşuv iştirokçilari Prezidentga yoşlarga körsatilayotgan yuksak etibor va orzu-niyatlarni röyobga çiqariş uçun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar uçun samimiy minnatdorlik bildirib, öz bilim va ğayratini mamlakat farovonligi va ravnaqi yölida safarbar etişga hamişa tayyor ekanligini aytgan.