Şavkat Mirziyoyevning Koreyaga taşrifi yakunlandi
Bugun, 16 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan Seul şahrida ötkazilgan tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilingan.

Şuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Ço Çjon Şik va Boş vazir Xan Son Suk, Koreyaning yetakçi kompaniyalari hamda moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazilgan.
Özbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida qöşma loyihalar işga tuşirilgan va qurilişi boşlangan, salmoqli kelişuvlar paketi imzolangan.

Davlat rahbari birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida iştirok etib, hamkorlikning beşta strategik yönalişi böyiça taşabbuslarni ilgari surgan. Özbekiston Prezidenti uşbu formatdagi birinçi biznes sammitda ham sözga çiqqan.
Taşrif doirasida Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoşlarimiz bilan uçraşuvlar ötkazilgan.

Tadbirlar yakunlangaç, aeroportda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va rafiqasini Koreya Respublikasi Içki işlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Çjun hamda boşqa rasmiylar kuzatib qöygan.
Davlat rahbari Toşkentga jönab ketgan.