Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Seulda tantali kutib olindi
Bugun, 13 sentyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat taşrifi bilan Seul şahriga yetib bordi. Bu haqda mamlakat yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuçlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötgan. Davlat rahbari şarafiga faxriy qorovul saf tortgan, artilleriya töplaridan salyut berilgan.

Özbekiston Prezidentini Janubiy Koreya Boş vazirining örinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Çxol hamda boşqa rasmiylar kutib olgan.

Qayd etilişiça, uç kunlik taşrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Ço Çjon Şik, Boş vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda uşbu mamlakatda istiqomat qilayotgan özbekistonliklar bilan uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, davlat rahbari Özbekiston – Koreya biznes forumining oçilişida nutq sözlaydi. Şuningdek, 16 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida iştirok etadi.

Bildirilişiça, taşrifning siyosiy va iqtisodiy kun tartibidagi tadbirlar bilan bir vaqtda Koreya poytaxti va boşqa şaharlarida Özbekiston madaniyati kunlari ham ötkaziladi.