Serbiyada Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi ötkazildi
Bugun, 8 sentyabr kuni Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy taşrifini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiç davlat rahbarini samimiy qarşi olgan.





Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortgan. Harbiy orkestr ijrosida Özbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangragan, artilleriya töplaridan ön marta öq uzilib, tantanali salyut berilgan.


Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar azolarini qutlagan. Birgalikda suratga tuşilgandan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlangan.

Eslatib ötamiz, keça, 7 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy taşrif bilan Belgrad şahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq, Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad şahrida Özbekiston rahbarining Serbiyaga taşrifi munosabati bilan taşkil etilgan rasmiy qabul marosimida iştirok etdi.