Şavkat Mirziyoyev Çölponotada tantanali kutib olindi
Çölponota şahridagi Çingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirğiz Respublikasida davlat taşrifi bilan bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortgan. Özbekiston va Qirğiziston davlat madhiyalari yangragan.


Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar azolarini bir-birlariga taniştirgan.




Birgalikda suratga tuşilgandan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlangan.



Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Issiqköl viloyatidagi Çölponota şahriga yetib borgani haqida xabar berilgan edi. U yerda mamlakat yetakçisini Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov hamda uning rafiqasi kutib olgan.