USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Farğonada kadastr bölimi mutaxassisi 5 ming dollar bilan qölga tuşdi

97 марта
Фарғонада кадастр бўлими мутахассиси 5 минг доллар билан қўлга тушди

Farğona viloyatida tuman kadastr bölimi mutaxassisi fuqaroning 31 sotix noturar yer maydonini turarjoy sifatida rasmiylaştirib beriş evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Malum qilinişiça, departamentning Özbekiston tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Özbekiston tumani kadastr bölimi mutaxassisi D.T. tuman quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimida işlovçi tanişi orqali fuqaro M.I. ning “Avğon” MFY hududidagi 31 sotix noturar yer maydonini 9 500 AQŞ dollari evaziga turarjoy sifatida rasmiylaştirib berişini aytgan. D.T. kelişilgan puldan 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Davom ettirilgan tezkor tadbirda tuman quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boşliği O.N. D.T.dan 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Qayd etilişiça, O.N. muqaddam sudlangan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 2 gektar davlat zaxirasidagi yerni auktsion orqali arzon narxda olib berişni vada qilgan Ekologiya bölimi boş mutaxassisi va uning kadastrdagi tanişi 12 mln söm olayotgan vaqtida uşlandigani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: