USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nega sovet merosiga qilinayotgan mehribonçilik milliy merosimizga qilinmayapti? – Alişer Qodirov

91 марта
Нега совет меросига қилинаётган меҳрибончилик миллий меросимизга қилинмаяпти? – Алишер Қодиров

Avvalroq, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi, Qonunçilik palatasi deputati Alişer Qodirov joriy yilning 15 sentyabr kuni bölib ötgan Oliy majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida Bobur köçasi, 7-uydagi binoning madaniy meros obekti sifatida muhofaza qilinişiga qarşi çiqqandi. Keça, 16 sentyabr kuni esa Madaniy meros agentligi Qodirovning fikrlariga rasmiy munosabat bildirdi. Şundan söng deputat özining Telegram-kanalida agentlikning uning tanqidlariga bildirgan munosabatiga javoban yana bir qator savollar bilan çiqdi. 

Qodirovning aytişiça, Madaniy meros agentligi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi byudjet hisoboti vaqtida deputatlarning savollariga javob beriş örniga rasmiy munosabat bildirgan.

“Partiya javob munosabati qilmaydi, albatta, lekin savollarimizga javob oliş uçun parlament sörovi yoki eşituvi vakolatimizdan foydalanişga harakat qilib köramiz”, deya yozgan deputat.

U agentlikning Sarmişsoy, Şohizinda va Mizdahqon qalasi böyiça ilgari bildirgan tanqid va takliflarni etiborsiz qoldirayotganini aytib, Bobur köçasidagi bino masalasida esa rassomning millatidan merosning millatini yasab, mavzuni millatlararo taranglikka boğlaşga uriniş kuzatilayotganini qayd etgan.

Qodirov agentlikka bir qator savollarni yana takror yöllagan. Jumladan, u Sarmişsoy kabi noyob meros obektiga milliardlab mablağ sarflangan bölsa-da, gektarlab oçiq muzey hududi qarovsiz va taşlandiq holatda qolayotganiga izoh söragan.

Şuningdek, Şohizindaga avtomobil yölining jiddiy zarar yetkazayotgani, uni tamirlaş uçun mablağ yöqligi va bu masalada hokimiyatga nisbatan sud jarayoni olib borilmayotganini savol ostiga qöygan.

Deputat Buxoroda eng qadimiy Quron nusxasining Arkdagi talabga javob bermaydigan omborda saqlanayotgani, şuningdek, Dovon davlati bilan boğliq noyob meros joylaşgan hududlarning dehqonçilik uçun berib yuborilgani yuzasidan ham savollar bergan.

“Nega agentlik sovet davridagi merosga qilayotgan mehribonçiligini ming yillik milliy madaniyatimiz va merosimizga nisbatan qilmayapti? Önlab savollar bor, ötgan yildan beri javob olişga harakat qilyapmiz”, deya yozgan Qodirov.

U öz etirozi muayyan şaxsning millatiga emas, balki madaniy meros obektlariga etibor va mablağlarning qanday taqsimlanayotganiga taalluqli ekanini bildirgan.

“Biz örnini töldirib bölmaydigan madaniy merosimiz bir çekkada qolib ketib, bir rus rassomi, özbek adabiyotşunosi, ukrain arxitektori yoki biron boşqa qadrli ekanligiga şubhamiz bölmagan vatandoşimizni, kim bölişidan qati nazar kvartirasini asraşga köproq etibor qaratilayotganiga etiroz bildiryapmiz”, degan “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi.

Qodirov, şuningdek, Madaniy meros agentligining parlamentdagi hisobot beriş tartibiga ham savol bilan murojaat qilgan.

“Mutaxassis emasmiz, balki xato öylayotgandirmiz? Nega parlamentda hisobot beriş uçun hukumat keladi-yu, agentlik jöyali javoblar berolmasdan tarmoqlardan turib munosabat bildiradi?”, degan deputat.

U mazkur masala böyiça parlamentdagi vakolatlaridan foydalanişini aytgan.

“Bu deputat sifatida mening fikrim, partiya raisi sifatida agentlik hisobotidan keyin parlamentda söz olaman”, deya yozgan Alişer Qodirov.

Eslatib ötamiz, Bobur köçasi, 7-uydagi bino 2020 yilda Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari Milliy röyxatiga kiritilgan va hozirda davlat muhofazasida turibdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: