USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qanaka ahamiyati bor?” Alişer Qodirov Toşkentdagi tarixiy binoni saqlaşga etiroz bildirdi

132 марта
“Қанака аҳамияти бор?” Алишер Қодиров Тошкентдаги тарихий бинoни сақлашга эътироз билдирди

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi, Qonunçilik palatasi deputati Alişer Qodirov Bobur köçasi, 7-uydagi binoning madaniy meros obekti sifatida muhofaza qilinişiga qarşi fikr bildirdi. Bu haqda keça, 15 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida gapirdi.

Qodirov Toşkent şahrining markazida eski binoni madaniy meros obekti sifatida saqlab qoliş uçun sudlaşuvlar va nizolar davom etayotganini tanqid qilgan. Deputat mazkur bino rus rassomining uyi ekani, uning Özbekiston uçun qanday tarixiy yoki madaniy ahamiyatga ega ekanini savol ostiga qöygan.

“Madaniy meros sifatida uning bizga qanaqa qadriyati bor? Qanaka ahamiyati bor? Şohi-Zindaning oldida mingdan biriga töğri keladimi? Qaysi rassom bölişidan qati nazar”, degan Qodirov.

U, şuningdek, Madaniy meros agentligi asosiy etiborini milliy madaniyatni asraşga qaratişi kerakligini aytgan.

“Agentlik umuminsoniy qadriyatlar agentligi emas, milliy madaniyatimizning agentligi. Agentlik birinçi örinda milliy madaniyatimizga diqqatini, etiborini qaratişi kerak”, degan u.

Deputatning fikriça, davlat byudjetidan madaniy meros sohasiga mablağ ajratişda milliy madaniyatni himoya qilişga ustuvor etibor berilişi kerak.

Şundan söng, bugun, 16 sentyabr kuni Madaniy meros agentligi Qodirovning fikrlariga rasmiy munosabat bildirdi.

Agentlikka köra, madaniy meros obektlariga “bugun bizga kerakmi yoki kerak emasmi?” degan mezon bilan baho berilmaydi.

Qayd etilişiça, Bobur köçasi, 7-uydagi bino 1935 yilda qurilgan. Oçiq tarixiy va ekspert materiallarida mazkur bino Toşkent şahrida faoliyat yuritgan taniqli memor Aleksey Viktoroviç Şusev nomi bilan boğliq ekani qayd etilgan.

Bundan taşqari, turli yillarda u yerda Özbekiston ilm-fani va madaniyati rivojiga hissa qöşgan olim va professorlar, jumladan, akademiklar Toşmuhammad Qori-Niyoziy, Vasiliy Şişkin, şuningdek, Rahim Atajonov va Natan Mallayev kabi mutaxassislar yaşagan.

Agentlik binoning tarixi faqat uning memori bilan çeklanmasligini bildirgan. Unga köra, bino XX asrda Toşkent şahrida memorlik, ilm-fan va şahar madaniyatining rivojlanişi bilan boğliq bölib, uning memoriy yeçimi ham şaharning tarixiy muhiti şakllanişi nuqtai nazaridan qiziqiş uyğotadi.

Obektning huquqiy maqomiga ham izoh berilgan. 2020 yilda Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşi tomonidan binoni Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari Milliy röyxatiga kiritiş masalasi maqullangan. 2021 yilda esa obektni Milliy röyxatdan çiqariş taklifi rad etilgan.

Bugungi kunda bino moddiy madaniy meros obekti sifatida davlat muhofazasida turibdi.

Şu bilan birga, Toşkent şahar hokimining 2018 yil 30 oktyabrdagi 1550-son qarori bilan “UNIVERSAL PACKING MASTERS” MÇJga mazkur manzildagi mavjud turar va noturar binolarni buziş hamda hududda köp qavatli turar joy binosi quriş uçun yer maydoni ajratilgan.

Agentlik örganişlari davomida mazkur qaror binoning moddiy madaniy meros obekti sifatidagi huquqiy maqomi belgilanişidan oldin qabul qilingani aniqlangan.

Agentlik, şuningdek, bunday masalalarni milliy qarama-qarşilik maydoniga olib çiqiş jamiyatda ijtimoiy taranglikni yuzaga keltirişi mumkinligini bildirgan.

“Madaniy meros – umumiy tariximizning bir qismi. U bir millatga tegişli emas va u bilan boğliq insonning kelib çiqişi tufayli ‘begona’ bölib qolmaydi”, deyiladi munosabatda.

Agentlikning qayd etişiça, tarixiy va madaniy obektlarning qiymati qonun hamda professional ekspertiza asosida aniqlanişi, ularni saqlaş masalasida esa ilmiy va huquqiy mezonlarga tayaniş lozim.

“Madaniy merosning millati bölmaydi. U – tarix. Tarix esa ‘özimizniki’ va ‘begonadiki’ga bölinmaydi”, deyiladi Madaniy meros agentligi munosabatida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: