Qoraqalpoq qöbiz sanati UNESCÖning madaniy meros röyxatiga kiritildi
10-12-2025, 14:38
123 марта

Qoraqalpoq qöbiz sanati UNESCÖning madaniy meros röyxatiga kiritildi
Qoraqalpoq qöbizini yasaş va unda ijro etiş sanati rasman UNESCÖning “Zudlik bilan muhofaza ostiga olinişi lozim bölgan nomoddiy madaniy meros” röyxatiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.Qayd etilişiça, qaror şu kunlarda Hindiston poytaxtida bölib ötayotgan UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş hukumatlararo qömitasining 20-sessiyasi iştirokçilari tomonidan bir ovozdan maqullangan.
Qöbiz sanati Özbekistonning UNESCO röyxatiga kiritilgan madaniy meros elementlari sonini ön oltitaga yetkazdi.
“Bu esa Özbekistonning qadimiy tsivilizatsiya va boy madaniyatning xalqaro markazlaridan biri sifatidagi maqomini tasdiqlamoqda”, deyiladi xabarda.