USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoraqalpoğistondan xazina çiqdimi?

1 223 марта

Qoraqalpoğistondan xazina çiqdimi? 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqala tumanida joylaşgan “Aqçaköl” turistik-rekreatsion zonasidan xazina topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat böyiça Madaniy meros agentligi tuşuntiriş berdi.

Malum qilinişiça, mazkur holat ortidan agentlikning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan tegişli tartibda joyiga çiqib örganiş işlari olib borilgan. 
Örganişlarda aniqlanişiça, sohildan heç qanday madaniy qiymatga ega arxeologik topilma yoki xazina topilmagan. Tarmoqlarda tarqalib ketgan tasvirlardagi tangalar esa bugungi kunda muomalada bölgan 2018 va 2022 yilda çiqqan 200, 500 hamda 1000 sömlik tangalar ekanligi malum bölgan. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniy meros boşqarmasi hamda Ellikqala tumani hokimligi vakillari iştirokida dalolatnoma rasmiylaştirilgan. Örganişlar davomida videomurojaatda keltirilgan malumotlar haqiqatga töğri kelmasligi aniqlangan. 
“Madaniy meros agentligi fuqarolarni tekşirilmagan malumotlarni tarqatmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanişga hamda madaniy meros obektlariga nisbatan masuliyat bilan munosabatda bölişga çaqirib qoladi”, deyiladi xabarda. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: