USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Alişer Qodirov özbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etişga çaqirdi

1 086 марта

Alişer Qodirov özbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etişga çaqirdi 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov Rossiyada bölib turgun özbekistonlik migrantlarni mamlakatni zudlik bilan tark etişga çaqirdi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi. 

Uning “işoning” deya urğulaşiça, Rossiyada bundan buyon vaziyat oy sayin faqat yomonlaşadi. 

“Rus maxsus xizmatlari Markaziy Osiyoliklarni Rossiyada kutilayotgan notinçliklarning faol iştirokçisi sifatida taxmin qilmoqda, şu sababli ulardan keladigan foydadan allaqaçon keçib bölingan”, deydi Alişer Qodirov Rossiyada özbekistonlik migrantning OMON tomonidan döpposlab öldirilganiga işora qilib.  
Alişer Qodirov birinçi marta Rossiyadagi özbekistonlik migrantlarga mamlakatni tark etişga çaqirib, u yerga iş izlab bormaslik haqida gapirmayapti. Deputat Rossiyaning Ukrainaga nisbatan bosqinini qoralaydigan, özbekistonlik migrantlarga nisbatan mamlakatdagi ğayriinsoniy holatlarga keskin munosabat bildiradigan sanoqli faollardan hisoblanadi. U navbatdagi postida yana migrantlarga yuzlanarkan, ularni daromad uçun oilasining köz yoşlariga sabab bölib qolmaslikka çorlagan.  

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: