Ayollarni pasportga römolini yeçib tuşişga majburlaşni ham töxtatiş kerak – Alişer Qodirov
8-08-2025, 10:40
716 марта

Ayollarni pasportga römolini yeçib tuşişga majburlaşni ham töxtatiş kerak – Alişer Qodirov
«Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov dunyoviylik va etiqod masalasida tenglik tarafdori ekanligini yozmoqda. U, şu bilan birga, har ikkisida qonun talablari ustuvor bölişi kerakligini aytadi.«Özbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortişilmaydi. Dunyoviy davlat köpçilik saylagan Parlament tomonidan qabul qilinib, köpçilik saylagan Prezident tomonidan maqullangan qonunlarni buzmagan holda, özi istaganidek yaşaş imkonini beradi.
Vatanimizda barça millat va dunyoqaraşdagi vatandoşlar emin-erkin, qonunlarni buzmagan holda farovonlikka intilişi uçun şaroit yaratiş ustuvor maqsad ekanligi mustahkam belgilangan. Hamma teng va heç kim kamsitilmasligi kafolatlangan.
Agar biron vatandoş pivo içmoqçi bölsa, içadi, bu uning tanlovi, içmaydigan vatandoş içmaydi va buning sababini har ikki toifa heç kimga izoh berişga majbur emas.
Alkogolni içiş mumkin, lekin reklama qiliş mumkinmas, bu amaldagi qonunda belgilangan, albatta, parlament saylovlarini mutlaqo yutadigan biron siyosiy kuç qonunni özgartirib alkogolni «milliy qadriyat», bir jinslilarni oila quriş talabini esa erkin tanlov sifatida norma qilişi ham mumkin, bunga siz huquq berasiz…» – deydi deputat.
U özi rahbarligidagi «Milliy tiklaniş» partiyasining tutumi haqida töxtalar ekan, «partiya har qanday taraqqiyotni qadriyatlarga tayanişi kerak degan ğoyasida mustahkam» ekanligini eslatadi.
«Jenifer Lopesni kontserti serdaromad iş va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarşi tarğibot qilmasa, ötkazadi, tanasini körsatiş uni tanlovi, köriş esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik şu!
Lekin, xuddi şunday öranib yurmoqçi bölgan ayol vatandoşni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalonğoç namoyişini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yuriş huquqiga ham dahl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopesga qanday kiyinişni örgatmaganimizdek, etiqodli ayollarimizga römolni qanday öraşni örgatişni, qolaversa, şu yoşga kelib etiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga römolini yeçib tuşişga majburlaşni ham töxtatiş kerak. Identifikatsiya talablari yuzni oçiq bölişini taqozo qiladi, soçni emas. Lopesga körsatgan bağrikengligimizni dindor ayollarimizga ham körsataylik.
Dunyoviylik işonganga ham, işonmaganga ham teng bölaoliş degani, zörni zaifga hayotdan dars berişi emas», – deb yozadi Alişer Qodirov.