Saida Mirziyoyeva Yangi Toşkentdagi quriliş jarayoni bilan tanişdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yangi Toşkent hududida bölib, zamonaviy bino va inşootlar quriliş jarayoni bilan tanişdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Şahar köz öngimizda şiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz taşabbusi bilan boşlangan mazkur bunyodkorlik doirasida bugun ulkan, keng kölamli loyihalar amalga oşirilmoqda”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Prezident Administratsiyasi rahbarining yozişiça, britaniyalik memorlar tomonidan puxta va uzoqni közlab işlab çiqilgan şahar kontseptsiyasi kelgusi ön yilliklar uçun mustahkam asos yaratgan.


“Poydevor qöyildi, biroq şaharning ertangi kuni qanday bölişi endi bevosita özimizga boğliq. Aynan şuning uçun tadbirkorlarimiz Yangi Toşkentga alohida etibor qaratişlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, quriliş qiling, öz biznesingizni yölga qöying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos. Keling, uşbu betakror, yangi şaharni birgalikda bunyod etaylik!” deydi Saida Mirziyoyeva.


Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Şayxontohur tumanida barpo etilişi rejalaştirilgan yangi istirohat boği hududini közdan keçirgan edi.