USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoraqalpoğistonda 7,6 mlrd dollarlik loyihalar işga tuşirildi

130 марта
Қорақалпоғистонда 7,6 млрд долларлик лойиҳалар ишга туширилди

Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi doirasida yangi loyihalarni işga tuşiriş va qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda hududda tadbirkorlik va investitsiyalar uçun yaratilayotgan qulay şaroitlar iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va aholi bandligini taminlaşga xizmat qilmoqda.

Xususan, 2016 yilda Qoraqalpoğistonning yalpi hududiy mahsuloti 8,5 trillion sömni taşkil etgan bölsa, joriy yil boşiga kelib 54 trillion sömdan oşgan. Mahsulot işlab çiqarişda xususiy sektorning uluşi 66 foizga yetgan. Faol tadbirkorlik subektlari soni 2,5 barobar köpayib, 26,5 mingtani taşkil etgan.

Sönggi töqqiz yilda yuqori daromadli iş örinlarini yaratiş uçun Qoraqalpoğistonga 5 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritilgan. Joriy yil yakuniga qadar xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarga yetişi kutilmoqda. Hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy va qöşma korxonalar soni 2018 yilga nisbatan 2,2 barobar oşib, 271 tani taşkil etgan.

Marosim doirasida 592 million dollarlik 11 ta loyiha işga tuşirilgan hamda xorijiy hamkorlar iştirokida amalga oşiriladigan 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilişiga start berilgan. Ularning hisobiga 8 mingta yuqori daromadli iş örni yaratiladi.

Xususan, Qoraözak tumanida umumiy quvvati 300 megavatt bölgan ikkita şamol elektr stantsiyasi va 100 megavattli elektr energiyasini saqlaş tizimi işga tuşirilgan.

Işga tuşirilgan obektlar qatorida Nukus şahrida Birlaşgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda barpo etilgan Şayx Xalifa nomidagi şifoxona bor. Qiymati 27 million dollar bölgan 100 örinli muassasa zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taminlangan. Bu yerda 80 ta iş örni yaratilgan.

Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi ham hududda tibbiy xizmat sifatini oşiriş va mutaxassislar malakasini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Raqamli infratuzilmani rivojlantiriş yönalişida Taxiatoş tumanida “Linkwise” korxonasining 150 million dollarlik modulli intellektual hisoblaş markazining birinçi bosqiçi işga tuşirilgan.

Nukus şahrida jamoat transportini yaxşilaşga qaratilgan “SAPSAN TRANS NÖKIS” korxonasining 20 million dollarlik loyihasi ham iş boşlagan. 25 ta avtobus va elektrobus olib kelingan bölib, yil yakuniga qadar qöşimça 75 ta elektrobus keltiriladi. Loyihada 200 ta iş örni yaratilişi közda tutilgan.

Qurilişi boşlanayotgan loyihalar energetika, raqamli iqtisodiyot, sanoat, transport, tibbiyot va xizmat körsatiş sohalarini qamrab olgan.

Qönğirot tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 2,6 milliard dollar bölgan 1,5 gigavattli yirik şamol elektr stantsiyasini quriş va yagona energetika tizimiga ulaş işlari faol bosqiçga ötmoqda. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuçlanişli magistral elektr tarmoği tortiladi, 500 kilovoltli uçta podstantsiya quriladi va yana ikkitasi modernizatsiya qilinadi.

Çimboy tumanida koreyalik investorlar bilan respublikada ilk bor qizilmiya ildizini qayta işlaş orqali yiliga 3 million kub metr biogaz işlab çiqariş loyihasi boşlangan.

Transport infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda A-380 “Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yölining 92 kilometrlik qismida quriliş işlari boşlangan. Loyiha qiymati 233 million dollarni taşkil etadi. Nukus şahri jamoat transporti uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 112 ta elektrobus xarid qiliş va depo taşkil etiş loyihasi ham amalga oşiriladi.

Xitoylik hamkorlar bilan Qönğirot va Taxiatoş tumanlarida umumiy qiymati 2 milliard 281 million dollar bölgan raqamli valyuta işlab çiqariş va suniy intellekt malumotlar markazlarini taşkil etiş loyihalari amalga oşirilmoqda. Taxtaköpir tumanida ham malumotlar markazi barpo etiladi. Nukus şahrida çiqindilarni termik qayta işlaş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş loyihasiga start berilgan.

Qoraözak tumanidagi “Zengibobo” konida oltin qazib oliş böyiça 20 million dollarlik korxona barpo etiladi. Amudaryo tumanida esa 15 million dollarlik zamonaviy yirik savdo markazi taşkil qilinadi.

Ijtimoiy sohada hindistonlik hamkorlar bilan davlat-xususiy şeriklik asosida tibbiyot fanlari universiteti va yuqori texnologiyali tibbiy yordam körsatiş şifoxonasi taşkil etilmoqda.

Turkiyalik hamkorlar iştirokida Nukus şahridagi “Döstlik” kanali böyida Toşkentdagi “Seul Mun” namunasi asosida 103 million dollarlik dam oliş, köngiloçar va savdo markazi barpo etiladi.

Marosimda xorijiy hamkorlar loyihalarni amalga oşiriş va işga tuşiriş muddatlari haqida axborot bergan. Viloyat hokimlari özlariga biriktirilgan tumanlarda yangi iş örinlari yaratiş va kambağal oilalar daromadini oşirişga qaratilgan loyihalarini taqdim etgan.

Davlat rahbari nuroniylar, olimlar va keng jamoatçilik vakillarini har bir loyiha ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişga çaqirgan. Bunday yondaşuv oilalar farovonligini taminlaş, yoşlar kelajagi va Orolböyining mustahkam iqtisodiy poydevorini yaratişga xizmat qilişi takidlangan.

Davlat rahbari loyihalarni amalga oşirişda iştirok etayotgan xorijlik hamkorlar va tadbirkorlarga minnatdorlik bildirgan.

Ramziy tugma bosilib, yangi obektlar işga tuşirildi va quriliş işlariga start berilgan. Investorlar va hudud faollari bilan samimiy muloqot bölib ötgan.

Şu yerning özida Nukus şahrida yoş oilalar uçun barpo etiladigan “Yangi Özbekiston” turarjoy massivining taqdimoti ham ötkazilgan. Massiv uçun 270 gektar maydon belgilanib, loyiha hujjatlarini işlab çiqiş boşlangan. Bu yerda 30 ming aholiga möljallangan köp qavatli uy-joylar, yirik biznes markazlari, savdo, xizmat körsatiş va köngiloçar obektlar quriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: