USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoraqalpoğistonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar uçun subsidiya beriladi

87 марта
Қорақалпоғистонга самолётда олиб келинадиган наслли буқалар учун субсидия берилади

Qoraqalpoğiston Respublikasining 20 ming gektar yaylov yerlarida Misr tajribasi yölga qöyiladi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni Nukus şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda söz bordi.

Qayd etilişiça, Qoraqalpoğistonda 4 million 300 ming gektar yaylov yeri bor. Şundan 2,5 million gektaridan aholi daromadini oşiriş va çorvani köpaytiriş uçun yetarliça foydalanilmayapti.

“Beruniy Agrostar” Qönğirot, Beruniy va Çimboyda aylanmadan çiqqan 2 ming gektar yerni tiklab, ozuqa yetiştirişga moslaştirmoqda. Kelasi yili yana 5 ming gektar özlaştiriladi. Bu 14 ming boş qoramol uçun ozuqa bazasi böladi.

Bözatovda ham 7,5 ming gektar yerni ozuqaga moslaştirişga 100 milliard söm ajratiladi. Ozuqa yetiştirişga har gektar uçun 500 ming söm subsidiya beriş böyiça ön kunda qaror kiritiş topşirilgan.

Misr tajribasini örganiş uçun 200 dan ziyod fermer, jumladan, qoraqalpoğistonlik 26 nafar fermer uşbu davlatga yuborilgan. Dastlabki bosqiçda Qoraqalpoğistonning 20 ming gektar maydonida Misr tajribasi yölga qöyiladi.

Çöl hududlarida ozuqa yetiştirişni köpaytiriş uçun Misrdan mutaxassislar va texnologiyalar jalb etiladi. Çorvaçilik uçun Osiyo taraqqiyot bankidan olinayotgan 60 million dollar kredit va 8 million dollar grant birinçi navbatda şu loyihaga yönaltiriladi.

Çorvaçilikda yirik komplekslar taşkil etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiladi. May oyida çorva boş sonini köpaytirişga 1 trillion 600 milliard söm resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard sömgaça bölgan loyihalarga ön yilga 10 foizli kredit berilmoqda.

Qoraqalpoğistonlik çorvadorlarning 1-2 ming boşli komplekslar taşkil etiş uçun kredit miqdorini 50 milliard sömgaça oşiriş taklifi qöllab-quvvatlangan.

Beruniylik çorvadorlar samolyotda qoramol taşiş kompensatsiyasining şartlari yengillaştirilsa, 5 ming boş çorva olib kelişga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpoğistonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir boş uçun 4 million sömgaça subsidiya qilinadi.

Bir oyda joyi, taşabbuskori va mablaği aniq bölgan kamida 100 ming boşli çorva komplekslarining loyihalari şakllantiriladi. Qoramol xaridi uçun kredit ajratiş tartibi yengillaştirilib, mablağlar tuman ştabi xulosasi asosida beriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: