2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqçi bölganlar uşlandi
25-04-2026, 16:44
304 марта

2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqçi bölganlar uşlandi
Samarqand şaxrida ikki nafar şaxs özaro til biriktirib, ikki gektar yer maydonini 490 ming dollarga sotişga urindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Malum bölişiça, Samarqand şahrida yaşovçi 1993 va 1983 yilda tuğilgan şaxslar özaro til biriktirgan. Söng 1983 yilda tuğilgan fuqaroning turmuş örtoğiga issiqxona taşkil qiliş uçun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQŞ dollariga sotişini aytgan hamda mansabdor tanişlari orqali uşbu yerning hujjatlarini rasmiylaştirib berişini vada qilib, oldindan 50 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Habarga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1993 yilda tuğilgan şaxs 50 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.