Qariyb 63 ming dollarga platina sotişga uringan şaxs uşlandi
12-03-2026, 21:25
291 марта

Qariyb 63 ming dollarga platina sotişga uringan şaxs uşlandi
Farğona viloyatining Qöqon şahrida yaşovçi şaxs 62 950 dollarga platina sotayotganda qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan şaxs bir neçta kişi kömagida “Döstlik” xalqaro nazorat ötkaziş punkti orqali bojxona nazoratini çetlab ötgan holda, Qirğiz Respublikasidan olib kelingan va qiymati 17 ming AQŞ dollariga teng bölgan, jami 162 gr tilla buyumlarni qabul qilib olib, Andijon şahri tomon harakatlangan vaqtida Xöjaobod tumanidagi YPX maskanida uşlangan.
Söngra, undan Qöqon şahrida istiqomat qiluvçi, 1983 yilda tuğilgan fuqaro 908 gr platina metalini sotiş uçun xaridor izlayotganligi töğrisida malumot olingan.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida uşbu fuqaro qimmatbaho metalni şartli xaridorga 62 950 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.