2 gektar yerni 40 ming dollarga pullamoqçi bölgan fermer uşlandi
13-04-2026, 14:52
525 марта

2 gektar yerni 40 ming dollarga pullamoqçi bölgan fermer uşlandi
Surxondaryo viloyatida 2 gektar yerni 40 ming dollarga pullamoqçi bölgan fermer xöjaligi rahbari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, Surxondaryo viloyati Angor tumanida 1976 yilda tuğilgan fermer xöjaligi rahbari mijozga özining fermer xöjaligi tasarrufida bölgan 2 gektar yer maydonini 40 000 dollarga sotişini aytgan. Söng kadastr organlarida işlovçi tanişlari orqali yerni uning nomiga rasmiylaştirib berişni vada qilgan. Fermer xöjaligi raxbari 30 000 AQŞ dollari va 120 million söm pullarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, yana bir korruptsiyaviy holat viloyatning Sariosiyo tumanida kuzatilgan. Unda 1983 yilda tuğilgan, viloyat avtomobil transportida nazorat hududiy bölimida işlab kelayotgan fuqaro 1986 yilda tuğilgan tanişiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 198-moddasiga (Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş) asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik, bu orqali uni jarimaga tortmaslik va joriy yilning may oyiga qadar unga avtomaşinasida krakaşlik faoliyati bilan şuğullanişiga rahnamolik qilişni vada bergan. Evaziga esa undan 1 million söm miqdoridagi pulni talab qilgan. Gumonlanuvçi aytilgan pulni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Xabar berilişiça, pora bilan boğliq uçinçi holat Şörçi tumanida aniqlangan. Uşbu tumanda yaşovçi fuqaro 1972 yilda tuğilgan tanişiga uning qonuniy ravişda vaqtinça foydalaniş uçun ijara şartnomasiga asosan olgan 20 sotix yer maydoniga ança yillardan buyon egalik qilib kelayotganligini, şu bois unga uşbu 20 sotix yer maydonini 250 million sömga sotişini va tanişlar orqali yerni unga umrbod foydalanişi uçun olib berişini aytgan. Evaziga undan katta miqdordagi pullarni talab qilgan. Gumonlanuvçi aytilgan pullardan 230 million söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.