USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda qarzdor fermer xöjaliklari elektr tarmoğidan uzildi

408 марта
Xorazmda qarzdor fermer xöjaliklari elektr tarmoğidan uzildi

Xorazm viloyatida elektr energiyasi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmagan fermer xöjaliklari elektr tarmoğidan ajratilmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Xorazm bölinmasi malum qildi.

Malumotlarga köra, nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan qarzi mavjud bölgan va şunga qaramasdan foydalanişda davom etgan bir neça fermer xöjaliklari aniqlangan. Qonunga zid holatlarning oldini oliş maqsadida ular elektr tarmoğidan uzildi.

Tarmoqdan uzilgan fermer xöjaliklari:
  • Urganç tumanidagi “Bene Fruts” fermer xöjaligi – 221 mln söm qarz
  • Yangiariq tumanidagi “Boynazar Jamila” fermer xöjaligi – 15,3 mln söm qarz
  • Urganç tumanidagi “Bekjon bobo” fermer xöjaligi – 55 mln söm qarz
  • Urganç tumanidagi “Lolaxon” fermer xöjaligi – 87 mln söm qarz
Energiya taminoti taşkiloti barça fermer xöjaliklarini elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanişga, şuningdek, foydalanilgan energiya uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişga çaqirmoqda.

Eslatib ötamiz, qarzdorlik sababli elektr tarmoğidan uziş holatlari fermer xöjaliklarining faoliyatiga jiddiy tasir körsatişi mumkin. Şu boisdan barça tadbirkorlardan masuliyat bilan yondaşiş talab etilmoqda.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: