Toşkentda havo ifloslanişi keskin ortdi
Keça, 18 sentyabr kuni keçki soatlarda Toşkent şahrida atmosfera havosida PM2.5 va, ayniqsa, PM10 zarraçalari miqdorining qisqa muddatli keskin ortişi kuzatildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Maxsus komissiya malumotiga köra, avtomatik monitoring stantsiyalari zarraçalar kontsentratsiyasi 18:00 dan keyin kötarila boşlaganligini va 20:00 dan söng sezilarli kuçayganligini qayd etgan. Ifloslanişning eng yuqori darajasi esa 21:00-23:00 oraliğida kuzatilgan. Xususan, soat 22:00 da şahar böyiça PM2.5 kontsentratsiyasi örtaça 74,5 mkg/m kubni, PM10 esa 243,6 mkg/m kubni taşkil etgan. Poytaxtning ayrim qismlarida avtomatik monitoring stantsiyalari PM10 miqdori 555,3 mkg/m kubgaça yetganini körsatgan. PM10 ning PM2.5 ga nisbatan sezilarli yuqori bölişi uşbu davrda havoda yirik çang zarraçalari ortganini körsatgan.
Vaziyatni joyida örganiş maqsadida 19 sentyabrga ötar keçasi Ekologik monitoring milliy markazi Özgidromet mutaxassislari bilan birgalikda Mirzo Uluğbek tumanining uçta hududida köçma uskunalar yordamida atmosfera havosi sifatini ölçagan. Natijada soat 02:15 da Feruza mavzesida PM2.5 – 65 mkg/m kub, PM10 – 77 mkg/m kub, umumiy çang – 90 mkg/m kub; soat 02:25 da Kasaba köçasida PM2.5 – 55 mkg/m kub, PM10 – 63 mkg/m kub, umumiy çang – 70 mkg/m kub; soat 03:01 da Parkent köçasida esa PM2.5 – 61 mkg/m kub, PM10 – 65 mkg/m kub, umumiy çang – 70 mkg/m kub miqdorida qayd etilgan.
Şuningdek, joyiga çiqib ötkazilgan ölçovlarda azot dioksidi, uglerod monoksidi, ammiak, ftor vodorodi, fenol va formaldegid kabi gazsimon ifloslantiruvçi moddalar kuzatilgan. Tahlil natijalariga köra, ölçangan ifloslantiruvçi moddalarning maksimal bir martalik kontsentratsiyalari belgilangan meyorlardan oşmagan. Tahlillarga köra, mazkur holatga bir neçta omillar bir vaqtda tasir qilgan. Uzoq davom etgan quruq ob-havo şaroitida tuproq va yöl yuzalaridagi çangning havoga kötarilişi uçun qulay şaroit yuzaga kelgan. Keçki va tungi vaqtda kuzatilgan harorat inversiyasi va havo almaşinuvining sustligi zarraçalarning atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida töplanişiga şaroit yaratgan.
Şu bilan birga, SAMS modeli malumotlarida Özbekistonning ğarbiy va şimoli-ğarbiy hududlarida PM10 miqdori yuqori bölgan çang massalari kuzatilgan. HYSPLIT modeli asosidagi hisob-kitoblar Toşkentga turli balandliklarda şimol, şimoli-şarq, ğarb va şimoli-ğarb yönalişlaridan havo oqimlari kirib kelganini körsatdi. 23:00 dan keyin atmosfera havosidagi PM2.5 va PM10 miqdori asta-sekin pasaya boşlagan. Avtomatik monitoring malumotlariga köra, 19 sentyabr soat 04:00 ga kelib şahar böyiça PM2.5 va PM10 körsatkiçlari mos ravişda 22,4 va 61,9 mkg/m kubgaça kamaygan.
Bildirilişiça, 18 sentyabr keçki va 19 sentyabr tungi soatlarda Toşkent şahrida kuzatilgan holat qisqa muddatli çang epizodi xususiyatiga ega bölgan. Quruq ob-havo, mahalliy çangning kötarilişi, harorat inversiyasi va sust havo almaşinuvi uning şakllanişiga qulay şaroit yaratgan. 23:00 dan keyin avtomatik stantsiyalarda kontsentratsiyalarning pasayişi hamda 02:15-03:01 oraliğidagi joyiga çiqib ötkazilgan ölçovlar çang epizodi asta-sekin susayib borganini körsatadi.
Prognozlarga köra, bugun, 19 sentyabr soat 21:00 dan 20 sentyabr soat 04:00 gaça Toşkent şahrida havo sifati vaqtinça yomonlaşib, AQI 101-150 – “sezgir guruhlar uçun zararli” darajaga yetişi mumkin. Tonggi soatlarda ifloslangan havo massasi janubi-ğarbga siljib, soat 08:00-09:00 ga borib havo sifati “örtaça” darajaga qaytişi kutilmoqda.
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.