Qoraqalpoğistonlik pedagog “Yil öqituvçisi“ bölib, 50 ming dollar mukofot oldi
Qoraqalpoğistonlik öqituvçi Nigora Allambergenova “Yil öqituvçisi“ tanlovida ğolib bölib, 50 ming dollar mukofot oldi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida malum qilindi.
Qayd etilişiça, Qonliköl tumanidagi 2-sonli maktab öqituvçisi Nigora Allambergenova “Yil öqituvçisi“ tanlovida ğolib bölgan. U Prezident bilan muloqot davomida ikki yil avvalgi suhbatini eslab, öşa paytda çekka hududda işlaşiga qaramay, 2 ming dollar maoş olayotganini aytganini qayd etgan.
“Hurmatli Prezident, biz siz bilan ikki yil oldingi muloqotimizda, özim çekka hududda işlasam ham 2 ming dollar maoş olyapman, degan edim. Siz esa qaçonki 4 ming dollar olayotgan bölsangiz, men sizdan rozi bölaman, degan edingiz. Hurmatli Prezident, bugun sizga maqtanib ayta olaman. Men “Yil öqituvçisi“ tanlovining ğolibi sifatida 50 ming dollar olyapman“, degan Nigora Allambergenova.
Malumot uçun, respublika böyiça 208 nafar, Qoraqalpoğistondan esa 17 nafar öqituvçi uşbu tanlovda ğolib deb topilgan.
Pedagog, şuningdek, Qonliköl tumanidagi 1-sonli maktab binosi avariya holatida bölgani va uşbu maktab 2019 yildan buyon tuman texnikumi binosida faoliyat olib borganini aytgan. Uning sözlariga köra, Prezident topşiriği bilan maktab uçun bu yil 600 örinli yangi va zamonaviy bino qurib bitkazilgan. Bundan taşqari, yoşlar dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qiluvçi tuman kutubxonasi ham bu yil öz binosiga ega bölgan.
“Mana şular uçun, bilimga, talimga va biz öqituvçilarga qaratayotgan etibor va ğamxörligingiz uçun çuqur minnatdorçiligimni bildiraman“, deya qöşimça qilgan u.
Eslatib ötamiz, keça, 19 sentyabr kuni Özbekistondagi pedagoglar örtasida yilning eng katta bellaşuvi – Prezident taşabbusi bilan joriy etilgan “Yil öqituvçisi“ tanlovi ğoliblari aniqlangandi. Tanlovda 208 ta tuman (şahar) böyiça birinçi örinni egallagan ğoliblarning har biri 616 mln söm (bazaviy hisoblaş miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.