USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga maktub yölladi

172 марта
Шавкат Мирзиёев Владимир Путинга мактуб йўллади

Prezident Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yöllab, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari bölib ötgan saylovlar Rossiya jamiyatining yuksak siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini yana bir bor yaqqol namoyon etganini takidlagan.

Saylovçilarning rekord darajadagi iştiroki va ovoz beriş natijalari Rossiya fuqarolari Prezident Vladimir Putin rahbarligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni davom ettiriş va milliy manfaatlarni himoya qilişga qaratilgan strategik yönalişga yuksak işonç bildirayotgani hamda uni sözsiz qöllab-quvvatlayotganidan dalolat berişi qayd etilgan.

Özbekiston Prezidenti ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari misli körilmagan suratlarda rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan takidlagan. Köp qirrali aloqalarda alohida örin tutadigan parlamentlararo hamkorlik bundan buyon ham ikki tomonlama loyiha va dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oşirilişiga xizmat qilişi qayd etilgan.

Birgalikdagi say-harakatlar orqali Özbekiston – Rossiya hamkorligini har tomonlama rivojlantirişga kuçli surat bağişlaş, uni mamlakatlar ravnaqi va xalqlar farovonligi yölida yangi taşabbuslar bilan boyitişga işonç bildirilgan.

Yakunda Prezident Şavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinga mustahkam soğlik va davlatçilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, döst Rossiya xalqiga esa tinçlik, farovonlik va taraqqiyot tilagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: