USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

88 марта
Шавкат Мирзиёев Сердар Бердимуҳамедовни таваллуд куни билан қутлади

Bugun, 22 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat va davlatçilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Özbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga özining samimiy salomini aytgan. Turkmaniston Prezidenti, öz navbatida, davlat rahbariga Turkman xalqining milliy yetakçisi nomidan eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Suhbat davomida Özbekiston – Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga alohida etibor qaratilgan. Tovar ayirboşlaş hajmi barqaror ösib borayotgani, energetika, transport va boşqa muhim sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

“Şovot – Toşhovuz” qöşma savdo zonasining samarali faoliyatini taminlaş muhimligi takidlangan.

Şuningdek, mintaqaviy kun tartibiga oid ayrim masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvi hamda Turkmanistonda bölib ötadigan MDH sammitiga tayyorgarlik köriş yuzasidan fikr almaşilgan.

Muloqot yakunida mamlakat yetakçisi birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqin kunlarda nişonlanadigan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabriklagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: