Toşkentda havo sifati yana yomonlaşişi mumkin
Bugun, 22 sentyabr kuni soat 21:00 dan 23 sentyabr tongi soat 4:00 gaça yer yuzasidagi havo sovib, yuqoriroq qatlamdagi havo iliqroq qolişi natijasida harorat inversiyasi şakllanişi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Meteorologik prognozga köra, şamol tezligi Toşkent şahrida ayrim soatlarda 0,5–1 m/sgaça pasayadi, havoning vertikal aralaşuvi esa sekinlaşadi. Yoğingarçilik kutilmayotgani sababli havodagi zarraçalarning uzoqroq muddat havoda qolib ketiş ehtimolligi mavjud. Bu omillar PM2.5 va PM10 zarraçalarining yerga yaqin qatlamda töplanişiga qulay şaroit yaratadi.
Prognozlar poytaxtning aksariyat hududlarida sutkaning 22:00 va 1:00 oraliğida havo sifati AQI standartiga köra “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajagaça yomonlaşişi mumkinligini körsatmoqda.
Ertalab yer yuzasi isib, inversiya zaiflaşişi va vertikal aralaşuv kuçayişi bilan havo sifati asta-sekin yaxşilanişi kutilmoqda. Şu sababli keçki vaqtlarda oçiq havoda uzoq vaqt bölmaslik tavsiya qilinadi. Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida atmosfera havosida PM2.5 va, ayniqsa, PM10 zarraçalari miqdorining qisqa muddatli keskin ortişi kuzatilgandi.