Saida Mirziyoyeva BMT Boş Assambleyasida Özbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda
Özbekiston delegatsiyasi AQŞning Nyu-York şahridagi BMT boş qarorgohida bölib ötayotgan taşkilot Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi. Bu haqda mamlakat delegatsiyasiga boşçilik qilayotgan Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
.jpg)
.jpg)
Malum qilinişiça, Boş Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda.
.jpg)
“Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi“, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
.png)
BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi joriy yilning 8 sentyabr kuni rasman öz işini boşlangan va 2027 yil 7 sentyabrgaça davom etişi belgilangan. Sessiya doirasidagi davlat va hukumat rahbarlarining umumiy munozaralari esa joriy yilning 22–28 sentyabr kunlari ötkazilmoqda. Unda dunyo yetakçilari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, tinçlik va xavfsizlik, iqlim özgarişi, soğliqni saqlaş, suniy intellekt va barqaror rivojlaniş masalalarini muhokama qilmoqda.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda bölib ötayotgan mazkur nufuzli tadbirda Özbekiston nomidan sözga çiqişi kutilmoqda.

Malumot uçun, Saida Mirziyoyeva 2023 yil mart oyida BMTning Suv konferentsiyasida iştirok etib, unda nutq sözlagan. Joriy yilning iyun oyida esa Avstriyaning Vena şahrida ötkazilgan BMT Jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida ham qatnaşib, Özbekistonda odil sudlovni taminlaş, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qiliş, jinoyatçilik profilaktikasi hamda yoşlarni qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan milliy maruza bilan çiqqan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nyu-York Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşgandi. Uçraşuvda Özbekiston va BMT örtasida birgalikda rivojlantirib kelinayotgan muhim hamkorlik yönalişlari muhokama qilingan.