USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Qahramoni Parda Ziyodov vafoti etdi

175 марта
Ўзбекистон Қаҳрамони Парда Зиёдов вафоти этди

Bugun, 23 sentyabr kuni butun hayoti va faoliyatini qişloq xöjaligi sohasi rivojiga bağişlagan taniqli fermer, Özbekiston Qahramoni Parda Ziyodov 79 yoşida vafot etdi. Prezident uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Malumot uçun, Parda Ziyodov 1947 yili Jizzax viloyatining Şarof Raşidov (sobiq Jizzax) tumanida tuğilgan. Örta maktabni tugatib, Samarqand qişloq xöjaligi texnikumida agronom mutaxassisligi böyiça tahsil olgan. 

Harbiy xizmatni ötab kelgaç, mehnat faoliyatini tumandagi Hamroqul Nosirov nomidagi jamoa xöjaligida tabelçi sifatida boşlagan. Keyinçalik mazkur xöjalikda brigada boşliği, şirkat xöjaligi boş pudratçisi kabi vazifalarda samarali faoliyat körsatgan.

Dehqonçilik ilmini çuqur biladigan Parda Ziyodov 2003–2018 yillarda Şarof Raşidov tumanidagi “Quyoşsevar Parda” fermer xöjaligiga rahbarlik qilib, mamlakatda agrar sohada keng kölamli islohotlarni amalga oşiriş, fermerlik harakati rivojini yangi bosqiçga olib çiqişga katta hissa qöşgan. U şartnoma rejalarini muntazam ortiği bilan bajarib kelgan, paxtaçilik va ğallaçilikda öz tajriba maktabini yaratgan zahmatkaş fermer, mohir taşkilotçi, kamtarin va samimiy inson sifatida nafaqat Jizzax viloyatida, balki butun respublikada munosib obrö-etibor topgan.

Maşhur fermer köplab yoşlarga ustozlik qilib, qişloq xöjaligi sohasini malakali kadrlar bilan taminlaş borasida ham alohida jonbozlik körsatgan.

Parda Ziyodov 1990–1995 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, 2005–2015 yillarda Oliy Majlis Senati azosi hamda köp yillar davomida Xalq deputatlari viloyat va tuman kengaşlari deputati sifatida faoliyat yuritib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining turmuş şaroitini yaxşilaş, quriliş-bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarida jonkuyarlik va taşabbuskorlik fazilatlarini namoyon etgan.
 
Parda Ziyodov sönggi yillarda, nafaqada bölişiga qaramasdan, qişloq va mahallalarni obod qiliş, keksa avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş, yoşlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş jarayonlarida faol iştirok etgan.
 
Uning köp yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlangan. U “Özbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan.

“Mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasining yorqin namoyandasi, mehnat faxriysi, samimiy va kamtarin inson Parda Ziyatovning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi”, deyiladi taziya xatida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: