Özbekistonning sobiq suv xöjaligi vaziri vafot etdi
21-04-2026, 08:45
49 марта

Özbekistonning sobiq suv xöjaligi vaziri vafot etdi
Keça, 19 aprel kuni davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Rim Abduloviç Giniyatullin 83 yoşida vafot etdi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.Malumot uçun, Rim Giniyatullin 1943 yil 18 sentyabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tuğilgan. 1963 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş institutini (hozirgi “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti) muhandis-gidrotexnik yönalişi böyiça tugatgan. Mehnat faoliyatini Özbekiston quriliş vazirligida oddiy işçi sifatida boşlab, keyinçalik uşbu vazirlikda usta, boş muhandis vazifalarida xizmat qilgan. U Özbekiston suv xöjaligi vazirligida boşqarma boşliği örinbosari, boş boşqarma boşliği, suv xöjaligi vaziri örinbosari, Davlat reja qömitasi raisining örinbosari, Davlat agrosanoat qömitasi raisi örinbosari lavozimlarida işlab, katta bilim va tajriba orttirgan.
U 1989–1996 yillarda melioratsiya va suv xöjaligi vaziri, 1996–1997 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari kabi masul lavozimlarda mehnat qilib, mamlakatda suv va qişloq xöjaligi tarmoqlarini rivojlantiriş orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan.
Giniyatullin Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasida turli rahbarlik vazifalarida işlab, dengizning qurişi bilan boğliq salbiy oqibatlarni yumşatiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqişda jonbozlik körsatgan.
“Umrining sönggi yillarida u Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonlarida, xususan, köpmillatli jamiyatimizda tinçlik, mehr-oqibat, bağrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, keksalar va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda faol iştirok etdi”, deyiladi taziya maktubida.