Şaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq uşlab turiş mumkin emas – Konstitutsiyaviy sud
Konstitutsiyaviy sud Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksdan örin olgan şaxsni 48 soatdan ortiq mamuriy tartibda uşlab turiş imkonini beruvçi normani Konstitutsiyaga zid deb topdi hamda mazkur tegişli moddaga özgartiriş kiritib, 48 soatdan ortiq uşlab turiş faqatgina cudning qarori orqali amalga oşirilişi kerakligini bildirdi. Bu haqda Özbekiston Konstitutsiyaviy sudining axborot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Konstitutsiyaviy sud majlisida şaxsni mamuriy tartibda 48 soatdan ortiq uşlab turiş imkonini beruvçi norma Konstitutsiyaga muvofiqligi körib çiqilgan. Keça, 22 sentyabr kuni bölib ötgan majlisda Oliy Majlis, Hukumat, Oliy sud, Boş prokuratura, Ombudsman, IIV, Adliya vazirligi, nodavlat notijorat taşkilotlari va boşqa taşkilotlar vakillari iştirok etgan.
Masala Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) murojaati asosida körib çiqilgan. Unda Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 288-moddasi (Mamuriy yöl bilan uşlab turiş muddatlari) ikkinçi qismida nazarda tutilgan şaxsni 48 soatdan ortiq mamuriy tartibda uşlab turiş imkonini beruvçi n Konstitutsiyaning 27-moddasiga muvofiqligi yuzasidan masala qöyilgan.
Amaldagi normaga köra, çegara tartibini yoki davlat çegarasi orqali ötiş punktlaridagi tartibni buzgan şaxslar ayrim holatlarda uç sutkagaça, şaxsni tasdiqlovçi hujjati bölmagan taqdirda esa prokuror sanktsiyasi bilan ön sutkagaça uşlab turilişi mumkin edi.
Konstitutsiyaning 27-moddasida esa şaxs sud qarorisiz 48 soatdan ortiq uşlab turilişi mumkin emasligi belgilangan.
Bildirilişiça, Konstitutsiyaviy sud mazkur normalarda 48 soatdan ortiq uşlab turiş zarurati tuğilganda sud qarorini oliş mexanizmi nazarda tutilmaganiga etibor qaratgan. Şu asosda Konstitutsiyaviy sud mazkur normani Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uçinçi qismiga muvofiq emas deb topgan.
Qarorda yana bir muhim jihat qayd etilgan: şaxsni 48 soatdan ortiq uşlab turiş masalasida prokurorni xabardor qiliş yoki prokuror sanktsiyasi sud qarorining örnini bosa olmaydi.
Mazkur qaror şaxsning erkinligi va şaxsiy daxlsizligini taminlaş, sud nazoratini kuçaytiriş va mamuriy uşlab turiş tartibini Konstitutsiya talablariga muvofiqlaştiriş nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.