USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Oltinköldagi çarm-poyabzal kiçik sanoat zonasiga bordi

60 марта
Президент Олтинкўлдаги чарм-пойабзал кичик саноат зонасига борди

Bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga taşrifi davomida Oltinköl tumanidagi çarm-poyabzal kiçik sanoat zonasida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakatda çarm xomaşyosini çuqur qayta işlaş, eksportbop tayyor mahsulotlar işlab çiqariş va içki bozorni sifatli hamda hamyonbop poyabzallar bilan taminlaşga alohida etibor qaratilmoqda.

Davlat rahbarining “Çarm-poyabzal va möynaçilik sohalarini rivojlantiriş va eksport salohiyatini oşirişni yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda. 

Oltinköl tumanidagi kiçik sanoat zonasi vodiydagi çarm mahsulotlari va tayyor poyabzal işlab çiqaruvçi tadbirkorlar, kosiblar hamda klasterlarni birlaştiruvçi yagona sanoat majmuasi. U yerda xomaşyoni qayta işlaşdan tayyor mahsulot işlab çiqariş va sotişgaça bölgan töliq zanjir şakllantirilmoqda.

Majmuaning umumiy maydoni 10,1 gektar, loyihalar qiymati esa 28 million dollarni taşkil etadi. Hududning 5,5 gektarida zamonaviy işlab çiqariş binolari, dual talim markazi va savdo şoxobçalari barpo etilgan.

Sanoat zonasida umumiy işlab çiqariş quvvati 150 milliard söm bölgan 17 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Şundan 10 tasi poyabzal va tagçarm, 2 tasi suniy çarm, 2 tasi poyabzal yelimi işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Qolgan loyihalar doirasida rezina poyabzal, maxsus poyabzallar uçun ustki qismlar işlab çiqariş va teri tayyorlaş yölga qöyiladi.

Bugungi kunga qadar majmuada 2 ming 500 ta yangi iş örni yaratilgan.

U yerda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afğonistonga eksport qilinmoqda. Işlab çiqarişga Turkiya, Xitoy va Italiyada malaka oşirgan mutaxassislar jalb etilgan. Ularning tajribasi mahsulotlar sifati va raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qilmoqda.

Soha rivojini qöllab-quvvatlaş maqsadida tadbirkorlarga qator imtiyoz va imkoniyatlar berilgan. Jumladan, işlab çiqariş bino va inşootlari qiymatini yetti yilgaça bölib tölaş şarti bilan sotiladi.

Davlat rahbari majmuada işlab çiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini közdan keçirib, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va eksport salohiyatiga alohida etibor qaratgan.

Tadbirkorlar bilan muloqotda mahsulot sifatini oşiriş, zamonaviy modellarni özlaştiriş va eksport geografiyasini kengaytiriş böyiça tavsiyalar berilgan. Şuningdek, mahalliy kosibçilik ananalarini zamonaviy sanoat usullari bilan uyğunlaştiriş, soha vakillari uçun yaratilgan şaroitlarni yanada yaxşilaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: