Saida Mirziyoyeva Orol dengizini ekologik yeçimlar maydoniga aylantirişga çaqirdi
Orol dengizini şunçaki ekologik fojia ramzi bölib qoldirmasdan, ekologik yeçimlar uçun sinov maydoniga aylantiriş kerak. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, 24 sentyabr kuni BMT boş qarorgohida bölib ötayotgan taşkilot Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida sözlagan nutqida söz oçdi.
Saida Mirziyoyevaga köra, Markaziy Osiyoning butun dunyoga taklif qilişi mumkin bölgan yana bir saboği bor. Bu – Orol dengizi.
Qayd etilişiça, Orol dengizining qurib qolişi tabiiy ofat oqibati emas, balki önlab yillar davomida qabul qilingan notöğri qarorlar va tabiatga adolatsiz munosabat natijasidir. Yangi Özbekiston bu muammo kölamini kamaytiriş uçun qurigan dengiz tubida yaşil hududlar yaratmoqda.
“Biz zamonaviy suv tejovçi texnologiyalarni joriy etmoqdamiz. 2030 yilga borib qayta tiklanuvçi energiya uluşini 54 foizga yetkazişni maqsad qilganmiz“, degan Prezident Administratsiyasi rahbari.
Saida Mirziyoyevaning takidlaşiça, Orol dengizi şunçaki ekologik fojia ramzi bölib qolmasligi, balki ekologik yeçimlar uçun sinov maydoniga aylanişi kerak.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi 2027–2036 yillarni Örmonlaştiriş va qayta örmonlaştiriş böyiça harakatlar ön yilligi deb elon qilgan. Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur rezolyutsiyani amaliy natijalar bilan mustahkamlaş vaqti kelganini aytgan.
Eslatib ötamiz, Saida Mirziyoyeva Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasidagi mazkur nutqida Özbekiston kelgusi yilda Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişini malum qilgan edi. Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Özbekiston uçun inson qadri, uning huquq va manfaatlari har qanday harbiy hamda iqtisodiy salohiyatdan ustun turişini aytgandi.