Özbekiston Melaneziyadagi davlat bilan diplomatik aloqa örnatdi
Joriy yilning 22 sentyabr kuni Nyu-York şahrida Özbekiston va Vanuatu Respublikalari örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida Qöşma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ikki davlat hukumatlari nomidan mazkur hujjatni Özbekistonning BMT huzuridagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Vanuatuning BMT huzuridagi missiyasi rahbari Odo Tevi imzolagan.

Suhbat davomida mamlakatlar örtasida xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaştirilgan muassasalari doirasida yaqin hamkorlikni mustahkamlaş muhimligi takidlangan.
“Mazkur hujjatning imzolanişi Özbekistonning Tinç okeani mintaqasi davlatlari bilan diplomatik hamkorligini kengaytiriş yölidagi navbatdagi qadam böldi”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, Vanuatu Respublikasi – Tinç okeanining janubiy-ğarbiy qismidagi Melaneziya mintaqasida joylaşgan suveren orol-davlat. Mamlakat 83 ta oroldan iborat arxipelagda joylaşgan bölib, ulardan 65 tasida aholi istiqomat qiladi. Mamlakatning poytaxti va eng yirik şahri – Efate orolida joylaşgan Port-Vila şahridir.
Arxipelag asosan vulkanik kelib çiqişga ega bölib, Tinç okeanining “olovli halqasi”da joylaşgani sababli u yerda seysmik faollik yuqori – tez-tez zilzilalar, tsunami va vayronkor tropik tsiklonlar yuz berib turadi. Vanuatu aholisi taxminan 330 ming kişini taşkil etadi, ularning asosiy qismi mahalliy melaneziyaliklardir (ni-vanuatu). Mamlakatda uçta rasmiy til amal qiladi: bislama (mahalliy kreol tili), ingliz va frantsuz tillari. Pul birligi – vatu.
Davlat tuzumi böyiça Vanuatu parlament respublikasi hisoblanadi. Iqtisodiyotining asosini qişloq xöjaligi, baliqçilik, turizm va offşor moliyaviy xizmatlar taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Nyu-York şahridagi BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasida Özbekiston va Gvineya-Bisau örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida Qöşma kommyunike imzolangandi.