USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sirdaryodagi avariya Qozoğistonda ham elektr uzilişiga sabab böldi

66 марта
Сирдарёдаги авария Қозоғистонда ҳам электр узилишига сабаб бўлди

Bugun, 25 sentyabr kuni tonggi soat 05:05 da Sirdaryo viloyatida joylaşgan EDF (Électricité de France) kompaniyasiga tegişli yangi issiqlik elektr stantsiyasida 1600 MVt quvvat avariyaviy öçdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Energetika vazirligining malum qilişiça, yangi qurilgan mazkur issiqlik elektr stantsiyasida ayni vaqtda sinov-sozlaş işlari olib borilmoqda. Stantsiyaning avariyaviy öçişi oqibatida avariyaga qarşi avtomatika işga tuşib, respublikaning ayrim qismlarida elektr taminoti vaqtinça uzilişiga sabab bölgan. Vazirlikka köra, uzilişlar asosan qişloq xöjaligida foydalaniladigan suv nasoslari hamda aholi istemolçilarining elektr taminotida kuzatilgan.

Elektr taminotini tiklaş jarayonida energiya saqlaş tizimlari va elektr stantsiyalaridagi zaxira quvvatlar işga tuşirilib, istemolçilar bosqiçma-bosqiç tarmoqqa qayta ulangan. Hozirda elektr taminotidan uzilgan barça istemolçilar tarmoqqa qayta ulangani qayd etilgan.

Malum bölişiça, mazkur avariyaviy öçiş ortidan nafaqat Özbekistonning ayrim hududlarida, balki Qozoğiston energetika tizimiga ham tasiri oqibatida mamlakatning ayrim joylarida ham elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar yuzaga kelgan.

Qozoğistonning KEGOC kompaniyasi malumotiga köra, soat 05:02 da Özbekiston energetika tizimida 1516 MVt quvvatdagi generatsiya öçişi sabab Markaziy Osiyo energetika tizimi tomonidan quvvat oqimi yuzaga kelgan. Oqibatda “Şimol-Janub” tranziti ajralib ketgan.

Qozoğiston energetika tizimida istemolçilar uçun çeklovlar hajmi 962 MVtni taşkil qilgan. Avariyaga qarşi avtomatika, jumladan, çastotaviy yuklamani kamaytiriş avtomatikasi (AÇR) va yuklamani maxsus avtomatik öçiriş tizimi (SAON) ştat rejimida işlagan.

“05:43 da Qozoğiston Yagona elektr energetika tizimining Janubiy hududi va Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining Qozoğiston Yagona elektr energetika tizimi bilan parallel işlaşi tiklandi hamda istemolçilarga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaş böyiça topşiriq berildi”, deyiladi kompaniya xabarida.

EDF (Électricité de France) – Frantsiyaning davlat energetika kompaniyasi bölib, u dunyodagi eng yirik elektr energiyasi işlab çiqaruvçilaridan biridir. Kompaniya Özbekistonning Sirdaryo viloyatida qiymati 1,2 milliard dollarlik, quvvati 1600 MVt (1,6 GVt) bölgan yangi va zamonaviy buğ-gaz issiqlik elektr stantsiyasini (IES) barpo etgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy Osiyoning törtta mamlakatida – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonda keng kölamli elektr energiyasi uzilişlari yuz bergandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: