USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan muloqot ötkazdi

67 марта
Саида Мирзиёева ЖСТ раҳбари билан мулоқот ўтказди

Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo taşkiloti Boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida malum qildi.

Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş jarayoni yangi bosqiçga kirib bormoqda. Sönggi yillarda muzokaralar jadallaşib, mamlakatning JST doirasidagi iştiroki tobora faollaşmoqda. Xususan, Özbekistonning JSTga azo böliş böyiça 13 ta Işçi guruh yiğilişi ötkazildi, 35 ta davlat bilan ikki tomonlama muzokaralar boşlandi va ularning 33 tasi yakunlandi. Milliy qonunçilikning qariyb 200 ta hujjati JST talablariga muvofiqlaştirildi.

Şu bilan birga, Özbekiston taşkilot içidagi muloqotlarda ham öz örnini mustahkamlamoqda. Mamlakat rivojlanayotgan davlatlarning norasmiy guruhi – IGDC azosi böldi va JSTga qöşilayotgan davlatlar norasmiy guruhida muvofiqlaştiruvçi maqomini oldi.

Bu jarayonning yana bir muhim jihati – yuqori darajadagi muntazam muloqot. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Prezident Administratsiyasi rahbariyatining JST Boş direktori bilan Jeneva, Nyu-York va Toşkentdagi uçraşuvlari taşkilotga azo böliş masalasi Özbekiston uçun ustuvor yönalişlardan biri ekanini körsatadi. JST rahbari ham mamlakatning azo böliş jarayonini izçil qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Keça, 24 sentyabr kuni mana şunday muloqotlardan biri bölib ötgan. Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari va Jahon savdo taşkiloti Boş direktori örtasida keçgan muloqot davomida Özbekistonning uşbu taşkilotga azo böliş jarayoni qanday ketayotganini hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilingan.

“Bizni doimiy qöllab-quvvatlab, ekspertlik kömagini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yölning katta qismini bosib ötdik, bundan keyin şahdimizni susaytirmasdan, boşlangan işni nihoyasiga yetkazişimiz juda muhim”, deya yozib qoldirgan uçraşuv haqida Saida mirziyoyeva.

Qayd etiş joiz, JSTga azolik – bu şunçaki xalqaro taşkilotga qöşiliş emas. Bu Özbekistonning jahon savdo tizimidagi örnini belgilaydigan, milliy qonunçilik va iqtisodiy muhitni xalqaro qoidalar bilan uyğunlaştirişni talab qiladigan kompleks jarayondir.

Bugun bu yölda muzokaralar davom etmoqda. Keyingi bosqiç – erişilgan kelişuvlarni amaliyotga tatbiq etiş va jarayonni yakuniy azolik sari olib boriş.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati – kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Danilon, Global Infrastructure Partners raisi va boş ijroçi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Şarq mintaqasi böyiça rahbari Çarlz Xatami bilan uçraşuv ötkazgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: